Fransiyada poyezdlar harakatida to‘xtalishlar kuzatilmoqda
Kecha Fransiya poytaxti Parij shahri va o‘lkaning shimoliy hududlari o‘rtasida poyezdlar qatnovi elektr uzilib qolishi oqibatida izdan chiqqan.
“BBC”ning yozishicha, ushbu holat nafaqat mahalliy poyezdlar, balki kamida 17 ta xalqaro yo‘nalish hisoblanuvchi “Eurostar” poyezdlarining Bryussel, Amsterdam va London yo‘nalishlarida harakatlanishini to‘xtatib qo‘ygan.

Mamlakatning Milliy temiryo‘l kompaniyasi (SNCF) holat bo‘yicha izoh berarkan, poyezdlar harakati bugundan boshlab tiklanishiga umid bildirdi.
Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, elektr uzilishi “Mussi” uchastkasida sodir bo‘lgan. Hozirda nosozlik sababi aniqlangan, biroq katta hajmdagi ta’mirlash ishlari talab etiladi.
Fransiyada avgust oyi maktab ta’tillari tufayli shaharlararo sayohat uchun eng yuqori davr hisoblanadi, ya’ni, xizmatlar odatdagidan ko‘proq band bo‘ladi.
O‘.Alimov, O‘zA