Fransiyada jazirama issiq tufayli 1350 ga yaqin maktab vaqtincha yopildi, deya xabar tarqatgan “Anadolu”. Mahalliy hokimiyat vakillari noqulay ob-havo sharoitida o‘quv muassasalari bir kunga to‘liq yoki qisman yopilganini aytdi.
“Myetyeo-France” meteorologiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning 16 departamenti, jumladan Parij ham qizil, 68 departament to‘q sariq rang darajasida.
Harorat kunduzi 20 dan 41 darajagacha o‘zgarishi kutilyapti. Avvalgi kun ham xuddi shu sabab bilan 750 maktab yopilgan. Haddan tashqari issiq poytaxt viloyatida ozon qatlamini keskin ifloslantirdi. Shu munosabat bilan Parij politsiyasi yo‘l harakatida cheklov e’lon qildi: kam gaz tarqatadigan avtomobillardan tashqari, boshqa mashinalarga yo‘llarda harakatlanish taqiqlangan.
Qator hududlarda tezlik chegarasi pasaytirildi. 29 iyun kuni yuqori harorat tufayli Tarn-i-Garon departamentida joylashgan Golfesh atom elektr stansiyasi reaktorlaridan biri vaqtincha to‘xtatilgan edi.
M.Pirmatova, O‘zA