Fransiyada 8 nafar Yangi Zelandiyada 7 nafar futbolchi mahalliy ligada to‘p tepadi. Qolganlarda esa ...
Kot-d’Ivuar va Bosniya terma jamoalari tarkibida birorta ham mahalliy klubda o‘ynaydigan futbolchi yo‘q.
Fransiyada 8 nafar Yangi Zelandiyada 7 nafar futbolchi mahalliy ligada to‘p tepadi. Qolganlarda-chi?
Jahon chempionati uchun qaydnomasini e’lon qilgan terma jamoalarning tarkibida mahalliy ligalarda o‘ynaydigan futbolchilar soni ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi safida 8 nafar Liga 1da to‘p tepadigan futbolchilar bor. Yangi Zelandiyada 7 nafar, Tunisda esa 6 nafar futbolchi mahalliy klublarda o‘ynaydi. Keyingi o‘rinlarda Shvetsiya (3), Belgiya (3), Yaponiya (3), Gaiti (1) bormoqda. Kot-d’Ivuar va Bosniya terma jamoalari tarkibida birorta ham mahalliy klubda o‘ynaydigan futbolchi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiya tarkibidagi 7 nafar futbolchi Avstraliya chempionatida ishtirok etadigan Zelandiya klublarida to‘p tepadi.