Fransiya terma jamoasining yakuniy tarkibi e’lon qilindi — Kamavinga mundialdan quruq qoldi
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslari 11-iyun kuni start oladi.
Futbol bo‘yicha Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etuvchi 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatni ma’lum qildi. Bu haqda TF1 telekanali efiri orqali xabar berildi.
2022-yilgi mundial finalchilari hisoblangan "uchranglilar"ning tarkibi kutilmagan qarorlarga boy bo‘ldi. Xususan, Madridning «Real» klubi a’zosi Eduardo Kamavinga hamda «PSJ» darvozaboni Lyuka Shevale yakuniy qaydnomadan joy olmadi.
Fransiya terma jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Mayk Menyan («Milan»), Bris Samba («Renn»), Roben Risser («Lans»).
Himoyachilar: Lyuka Din («Aston Villa»), Malo Gyusto («Chelsi»), Lyuka Ernandes («PSJ»), Teo Ernandes («Al-Hilol»), Ibraima Konate («Liverpul»), Jyul Kunda («Barselona»), Maksans Lakrua («Kristal Pelas»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»).
Yarim himoyachilar: Ngolo Kante («Fenerbaxche»), Kuadio Kone («Roma»), Adrien Rabio («Milan»), Orelien Tchuameni («Real»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»), Magn Akliush («Monako»), Bredli Barkolya («PSJ»), Rayan Sherki («Manchester Siti»), Usmon Dembele («PSJ»), Dezire Due («PSJ»), Maykl Olise («Bavariya»).
Hujumchilar: Kilian Mbappe («Real»), Jan-Filipp Mateta («Kristal Pelas»), Markus Tyuram («Inter»).
Ma’lumot o‘rnida, Fransiya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslari 11-iyun kuni start oladi.