Fransiya suv muammosiga duch kelmoqda(mi)?
Fransiyada kuzgi yomg‘irlarga qaramay, yerosti suvlari zaxirasi tiklanmayapti: kuzatuv nuqtalarining 66 foizida suv sathi mavsumiy me’yordan past, 81 foizida esa pasayish davom etmoqda. Mutaxassislar vaziyatni 2022-yildagi kuchli qurg‘oqchilik davri bilan qiyoslamoqda.
Mamlakat Geologiya va konchilik tadqiqotlari byurosining 8-oktabrda e’lon qilingan ma’lumotiga ko‘ra, 1-oktabr holatida kuzatuv nuqtalarining atigi 7 foizida suv sathi ko‘tarila boshlagan.
Bir yil avval bu ko‘rsatkich ancha yaxshi edi: 2025-yil oktabrida nuqtalarning 31 foizida suv zaxirasi me’yordan past bo‘lgan. Yozda qurib ketgan tuproqqa yoqqan dastlabki yomg‘irlar asosan uning ustki qatlamini namlashga sarflanmoqda, suvning yer osti zaxiralariga yetib borishi esa sekin kechmoqda.
Ayniqsa, o‘lkaning markaziy va sharqiy hududlarida suv sathi juda past. Yerosti suvlari Fransiyada ichimlik suvining qariyb uchdan ikki qismini va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan suvning uchdan biridan ko‘prog‘ini ta’minlaydi.
Zaxiralarni tiklash uchun muntazam va mo‘l yog‘ingarchilik zarur, ammo qishda yog‘inlar odatdagidan ko‘p bo‘ladimi-yo‘qmi, hozircha aniq emas.
Musulmon Ziyo, O‘zA