Fransiya rasmiylari Eronni supermarketdagi muzlatkiçni buzişda aybladi
Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro aytişiça, yaqinda mamlakat supermarketlaridagi muzlatkiçlarga uyuştirilgan kiber hujum Eron inqilobiy gvardiyasi tomonidan uyuştirilgan.
Germaniyaning DW axborot agentligi şu haqda yozgan.
– Bu hujum ham kölami, ham tajovuzkorlik darajasi böyiça misli körilmagan, – degan mulozim. – Mazkur amaliyot uçun masʼullarga qarşi Yevropa darajasida sanksiya joriy etamiz.
Nisbatan oddiy bu kiber hujum yuzlab supermarketda jiddiy oqibat keltirib çiqardi: köp miqdorda mahsulot aynidi, baʼzan harorat juda kötarilib ketganidan sovutgiçlar yonib ketgan. Hatto, rasmiylar qon banklaridagi sovutiş qurilmalarini buzişga muvaffaqiyatsiz uriniş haqida ham xabar bergan.
Bunday salbiy harakatlar haqida Yevropaning boşqa mamlakatlaridagi supermarketlar, şuningdek AQŞ hukumati ham maʼlum qilgan. Barça holatlar bir-biri bilan boğliqmi yoki yöqmi, hali aniq emas.
Hujum Fransiyadagi mavjud 10 000 ga yaqin supermarketning 700 tasini qamrab olgan. Parij şahri prokuraturasi buzib kiriş böyiça tergov tafsilotini taqdim etgan.
– Islom inqilobi qöriqçilari korpusi elektron va kibernetika markazi bilan boğliq hujumkor kiber bölinma – Eronning "Şahid Kavih" guruhi rahbari, uning ikki örinbosari va aniqlanişi lozim bölgan boşqa şaxslarga nisbatan sud tergovi boşlandi, – degan prokuror Lor Bekko.
Mamlakat TIM Fransiya “öz hududida Eron Islom Respublikasi tomonidan sodir etilgan nomaqbul kiber hujumlarni qatʼiy qoralaşi"ni bildirdi.
A.Mamatov, ÖzA