Fransiya qoʻshinlari Suriyada qoladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Tuluzadagi harbiy bazaga tashrifi davomida mamlakat qoʻshinlarining Suriyadagi harbiy ishtiroki davom etishini maʼlum qildi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Tuluzadagi harbiy bazaga tashrifi davomida mamlakat qoʻshinlarining Suriyadagi harbiy ishtiroki davom etishini maʼlum qildi. Unga koʻra, fransuz qoʻshinlari bu yil Suriyadan olib chiqilmaydi.
Anadolu agentligining xabarida aytilishicha, Makron “AQSH qoʻshinlarining u yerdan chiqarilishi bizni strategik maqsadlarimizdan chalgʻitmasligi kerak”, deb taʼkidlagan.
Avvalroq Makron AQSH qoʻshinlarining Suriyadan olib chiqib ketilayotganidan taassufda ekanini aytgandi.