Fransiyada favqulodda keskin ob-havo kuzatilmoqda.
“Internyus” xabariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. 12 yoshli bolani daraxt bosib qolgan, kvadrotsiklda ketayotgan 50 yoshli erkak esa boshqaruvni yo‘qotib, halok bo‘lgan. Shuningdek, 17 kishi jarohatlangan.
Parijda avvaliga harorat 40 darajaga ko‘tarilib ketdi. Bir necha kun o‘tgach, kuchli bo‘ron turib, yomg‘ir yog‘di. Sel metroni ham bosdi. Sena daryosi qirg‘og‘idan toshgan. Kuchli dovul tufayli shahardagi qirqqa yaqin daraxt qulagan.
To‘fon mamlakat parlament faoliyatini ham falaj qildi: bino shiftidan suv oqib, Milliy assambleya sessiyasi ishi to‘xtadi.
Umuman, noqulay ob-havo ortidan 110 mingga yaqin xonadon elektrsiz qoldi. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, ayni payt bo‘ron shimoldan Fransiyaning markaziy qismiga ko‘chgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-bGfV7wM38M" title="Fransiya parlamenti tomidan chakka o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>K.Bekjonov, O‘zA