Mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida ommaviy axborot vositalarining roli kun sayin oshib bormoqda. Bugun jurnalistlar shiddat bilan o‘zgarayotgan siyosiy muhitni atroflicha o‘rganib, tahlil qilish va jamiyatga yetkazishdek ulkan, mas’uliyatli yukni zimmasiga olgan.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, jumladan, OAV qonuniy manfaatini himoya qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, sohani rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab muhim hujjatlar asosida respublikamizning turli hududlarida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida anjumanlar tashkil etilmoqda. Media muhitini yanada yaxshilash, sohaga ilg‘or jahon tajribasini joriy qilish maqsadida bugun “Media sohasida samarali boshqaruv asosi – France 24 usuli” mavzusida o‘tkazilgan seminar-trening ham fikrimizga misol.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 100 ga yaqin OAV vakillari – bosh muharrir, jurnalist, bloger va ekspertlar ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida asosiy ma’ruzachi – taniqli fransuz jurnalisti va tajribali media rahbar, “France 24” xalqaro axborot telekanali muharriri, Fransiya media akademiyasi direktori Antuan Kormeri axborot urushi davrida jurnalistika tendensiyasi xususidagi bilimi, tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Janob Kormeri bosh qarorgohi Parijda joylashgan jahonning eng yirik ommaviy axborot vositalaridan biri faoliyati misolida zamonaviy tendensiya va samarali boshqaruv tamoyili haqida ma’lumot berdi. Jarayonda telekanal tashkiliy tuzilmasi va xalqaro axborot makonidagi ish uslubiga alohida e’tibor qaratildi.

Faktni tekshirish uchun ishonchli manbaga tayanish, feyk yangilikni farqlash, eng birinchi manbani qisqa fursatda topish yo‘llari muhokama qilindi.

Mutaxassis namoyish etgan taqdimotga ko‘ra, fransuz, ingliz, arab va ispan tillarida axborot tarqatuvchi “France 24”da 1 800 ga yaqin muxbir ishlaydi, ularning 60 foizi 60 mamlakat fuqarolari.

– O‘zbekistonga birinchi kelishim, – dedi A.Kormeri. – Agentligimiz jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, qator ulkan loyihalar amalga oshiryapti. Biz, OAV vakillari har bir yurtda kechayotgan muhim voqea-hodisalarni yoritishdek muhim vazifani bajarish asnosida bir-birimiz bilan qalin hamkorlik qilishimiz kerak. Darvoqe, yaqin kelajakda Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha muxbirlik punkti ochmoqchimiz.

Telekanal orqali efirga uzatiladigan har bir materialni ekspertlar guruhi tahlil qiladi. Zero, mustaqil axborot agentligi istalgan ma’lumotni e’lon qilaverishi emas, balki hech qaysi tomonga yon bosmay, mutaxassis ishtirokida vijdonan, aniq tasdiqlangan axborot taqdim etishi lozim.

Fransiya media akademiyasi direktori gender tenglik masalasiga ham e’tibor qaratib, mamlakatdagi barcha axborot resurslari rahbarlari ayollar ekanini ta’kidladi.

Anjumanning savol-javob qismi jurnalistlarga zamonaviy ommaviy axborot vositasi faoliyati asosiy jihatlarini xorijiy mutaxassis bilan batafsil muhokama qilish, dolzarb mavzular yuzasidan ma’lumot olish imkonini berdi.

Janob Kormeri jurnalistlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi savolga amaliy misol orqali javob qaytardi. Ma’lum bo‘lishicha, har uch oy Parijda barcha maxsus muxbirlar besh kunlik xavfsizlik harakatiga qaratilgan texnik-harbiy mashg‘ulotda qatnasharkan. Ular shu tariqa o‘zlarini himoya qilishni o‘rganishadi.

Umuman, ushbu tadbir tajriba almashish, ishtirokchilar kasb mahoratini oshirish barobarida O‘zbekiston va Fransiya ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qildi.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘tkir Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya media akademiyasi direktori Toshkentda