FOTORЕPORTAJ: Yoshlar dona surdi
Nukusda “Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika ochiq turnirining quyi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Nukusda “Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika ochiq turnirining quyi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kollejlardan jami 500 nafardan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi.
Besh yosh toifasi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada Durdona Qozoqboyeva, Amir Pirlepesov, Indira Oynazarova, Davlatboy Nuriddinov, Oyzoda Bekmirzayeva, Sherzod Sayimbetov, Farisa Zaripova, Ziyovuddin Obotboyev, Jansaya Jumaboyeva, Oybek Boymuratov, Arioʻxon Narekeyeva gʻolib boʻldi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.





