FOTOREPORTAJ: Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!
Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi yetakchi mutaxassislari, viloyat va shahar hokimligi til masalalari bo‘yicha mutaxassislari, viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari, faxriy ustozlar, mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Buyuk ajdodlarimizning siymolari gavdalantirildi. Shu kuni maktabda tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar ishtirokida "Mahorat darsi", ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining o‘quvchilarga ochiq darslar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
[gallery-4348]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA