Buxoro – qadimiy shahar. Buyuk ipak yoʻlining asosiy qismi oʻtgan maskan.
Buxoro – qadimiy shahar. Buyuk ipak yoʻlining asosiy qismi oʻtgan maskan. Sharq va Gʻarbni bogʻlab turgan savdo yoʻli.
Buxoro shahri oʻrta asrlarda yirik islom markazi va madaniyatning oʻchogʻi hisoblangan boʻlib, hozirgi kunda xam bu yerda koʻplab meʼmoriy obyektlar saqlanib qolgan. Masjid, madrasa, karvon saroylar IX-XVII asrlarga oid obidalardir.
Buxoro shahriga erta tongda kirib kelar ekanmiz, “Buxoro shahriga xush kelibsiz”, degan yozuvga koʻzim tushdi. Pirlar makoniga kirib kelganimni qalban his qildim. Tonggi quyosh nuri koʻzni qamashtiradi, havo issiq. Manzilga yetgach mehmonxonaga joylashdik. Dam olib, kechga yaqin “Labi hovuz” majmuasiga borib, ziyoratni boshladim. Mahalliy aholi, nuroniy otaxonlar, yoshlar hovuz atrofida madaniy hordiq chiqargan, kitob oʻqib oʻtirganiga koʻzim tushdi. Yosh bolalar velosiped uchib, yugurib yuribdi. Soʻng, Eski shahar, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi, Ark atrofini aylanib, kech boʻlib qolganini sezmay ham qolibman.
Buxoro safari davomida qadim tarix bilan yuzlashganday boʻldim. Boy madaniy merosi, mumtoz meʼmorlik sanʼati bilan dunyoni lol qoldirgan yurt farzandi ekanligimdan yana bir bor faxrlandim.




