FOTOREPORTAJ: OʻzA arxividan maxsus
Moʻynoqda yangi hayot
Soʻnggi qisqa vaqt ichida olis Orolboʻyida yashovchi moʻynoqliklar bemisl yangilanishlarning guvohi boʻldi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan orqada qolib kelgan tumanda zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalari, sport kompleksi, amfiteatr, madaniyat saroyi, koʻp qavatli turar joylar va yana boshqa qator obyektlar foydalanishga topshirildi. Shuningdek, bu yerda bir nechta ishlab chiqarish korxonalari ham faoliyat koʻrsatishni boshladi.





