FOTOREPORTAJ: Murojaatlar o‘z yechimini topmoqda
Bugun mamlakatimizda davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar qizg‘in tus olgan. Bu jarayonda xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni qonun talablari asosida hal etish va pirovardida inson manfaatlarini ta’minlash muhim o‘rin tutayotir.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali, uning tuman va shahar gaz ta’minoti bo‘limlarida ham iste’molchi manfaati, murojaatlarni hal etish tartibiga eng muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Buni joriy yilning 30 avgust kuniga qadar “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari orqali ham bilish mumkin. Ushbu vaqt ichida filialga jami 4098 ta murojaat yo‘llangan bo‘lib, shulardan 258 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri, 3840 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan. Fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlarning 2134 tasi maishiy gaz ballon bilan ta’minlash, 362 tasi suyultirilgan gaz ta’minoti, 841 tasi tabiiy gaz ta’minoti, 202 tasi tabiiy gaz ta’minotiga to‘lovlar hisob-kitobi va 559 tasi boshqa masalalarga oiddir.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga kelib tushgan 4098 ta murojaatning 3370 tasi qanoatlantirilgan, 571 tasi bo‘yicha murojaatchilarga tushuntirish berilgan, ijroga yo‘naltirilgan 157 tasi soha xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
Ayni paytda aholi xonadonlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida, tashkilot mutaxassislari tomonidan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, to‘liq, beg‘araz o‘rganish hamda ularni hal etish xalqning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
[gallery-3767]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA