FOTOREPORTAJ: Munosiblar e’tirof etilib, taqdirlandi
Andijon viloyati kasaba uyushma tashkilotlar birlashmasida mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda adliya, davlat xizmatlari agentligi va notariuslar palatasi viloyat boshqarmalari, Davlat xizmatlari markazlari hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari, notarial idoralar hamda advokatlik byurolari xodimlari ishtirok etdi.
Marosimda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan adliya tizimida amalga oshirilgan islohotlar o‘z samarasini bera boshlagani, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tubdan isloh qilinib, xizmat sifati yildan yilga yaxshilanayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, mustaqillikning 30 yilligi arafasida jamiyatimizning turli soha va tarmoqlarida fidoyilik ko‘rsatayotgan vatandoshlarimiz qatori Qo‘rg‘ontepa tumani 1-son FHDYO bo‘limi mudirasi Moxidilxon Bahriddinova “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan hamda DXM va FHDYO xodimlarining 12 nafari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlangani qayd etildi.
Tadbir so‘nggida boshqarma boshlig‘i Otabek Bozorov tomonidan mukofotlanganlarga esdalik nishoni, xodimlarning 4 nafariga Davlat xizmatlari agentligi direktorining hamda 20 nafariga boshqarma boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” tantanali ravishda topshirildi.
[gallery-3766]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA