Fotoreportaj: Baliq ovida
Baliqchilik haqida fotoreportaj tayyorlash maqsadida Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv ombori qoshida faoliyat yuritayotgan "Golden Lake Fish" MCHJ baliqchilari bilan birga baliq oviga chiqdim.
Yurtimizda boshlangan qishning sovuq kunlari baliqchilarning sevimli mashg‘uloti uchun to‘siq bo‘la olmaydi. Muhimi, kuchli shamol turmasa bo‘lgani. To‘g‘risini aytganda, ov jarayonida ushbu kasb egalarining mashaqqatli mehnatiga tasannolar aytdim. Bepayon ko‘l ichidan 10, 20, 30 va ba’zan 50 kilogrammgacha baliqlarni olib chiqish, el dasturxoniga yetkazish oson emasligiga yana bir bor amin bo‘ldim.
Baliq ovining eng yoqimli jarayoni, suv bo‘yida tabiatning go‘zal jilolaridan bahramand bo‘lish ekan. Ushbu go‘zallikdan siz ham zavq oling.
[gallery-301]
Siroj ASLONOV(surat), O‘zA