Sovuq kunlar boshlanishi bilan joylarda tabiiy gazning bosimi ancha pastladi.

Xususan, Farg‘ona viloyatidagi ijtimoiy soha ob’ektlarini isitishda ayrim muammolar kuzatilmoqda.

O‘zbekiston tumanida esa bunday paytda antiqa usullardan foydalanayotganini, texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol tarzda buzilayotganligini qanday tushunish mumkin?

Xususan, "Tuyul" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkilotida ayanchli holatning guvohi bo‘ldik. Bu yerda bir dona gaz so‘rg‘ich uskunasi o‘rnatilib, bemalol foydalanib kelinyapti. Bog‘cha mas’ullari buning uchun gaz idorasi tomonidan ruxsat berilganligini aytishdi. Ammo biz "Hududgaz Farg‘ona" gaz ta’minoti filialining tuman bo‘limi rahbaridan mazkur masalada izoh ololmadik.

[gallery-163]

Jajji bolajonlar tarbiyalanayotgan bu maskanni isitish dolzarb ekanligini tushunamiz. Motor yordamida tortilayotgan tabiiy gazning texnik va yong‘in xavfsizligiga kim javob beradi?  

M.SULAYMONOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fotoluqma: Farg‘onada tabiiy gaz tortishning "antiqa usuli"ga kim ruxsat berdi?