Fotoetyud: Quyosh misol kungaboqarlar
Kungaboqar – baland boʻyli, gulining mitti sariq barglari olov misol atrofga goʻzallik baxsh etadigan tabiat moʻjizasi.
Kungaboqar – baland boʻyli, gulining mitti sariq barglari olov misol atrofga goʻzallik baxsh etadigan tabiat moʻjizasi. Uning quyoshga oʻxshatilishi ham asli shu jihati uchundir.
Bolaligimda eslayman quyoshning yerdagi farzandlari deb atardim ushbu oʻsimlikni. Boisi, jajji qoʻllarim bilan quyoshni tasvirlasam kungaboqar kabi chizilardi. Dillarga xush, atrofga chiroy baxsh etgan bu oʻsimlik nafaqat mening, balki sizning ham bolalik xotiralaringizda shunday muhrlangan boʻlsa ajab emas...
Vitaminlarga boy kungaboqar ayni bahorning soʻnggi kunlari va yozning boshida issiq oftob taftidek dalalarimizda qiygʻos gulini ochib, atrofga goʻzalligini namoyish etmoqda.

