Fotimaxon Tursunboyeva – Osiyo ochiq kubogi g‘olibi
Qozog‘iston Respublikasining Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasida Osiyo ochiq kubogi musobaqasida Namangan viloyati sport jamoatchiligini xushnud etadigan xushxabar yangradi.
“Aqtau Asian Open” xalqaro turnirida To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Fotimaxon Tursunboyeva 48 kilogramm vazn toifasida tatamiga tushib, barcha raqiblaridan ustun kelgan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi shundaki, mazkur ajoyib natija orqali Fotimaxon xalqaro reyting ochkolariga 500 ochko qo‘shib, o‘z reytingini yanada mustahkamladi.
Umuman olganda, mamlakatimiz dzyudochilari Osiyo ochiq kubogi bahslarida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 13 ta medalga ega chiqishdi. Qolaversa, chempionlik nashidasini surgan har bir sportchi jahon reytingi uchun o‘z hisoblariga 100 ochkodan yozib qo‘yishdi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri