Fotima Soipova yana jahon kubogi shohsupasiga ko‘tarildi
Avstraliyaning Adelaida shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogining 1-turi yakunlandi.
E’tiborlisi, unda ishtirok etgan terma jamoamiz a’zosi Fotima Soipova ayollar o‘rtasida T1 klassida bo‘lgan guruh poygasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Fotima Soipova bundan avval ham jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, u jahon kubogida qayd etgan natijalari orqali “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun muhim reyting ochkolariga ham ega bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA