Fotih Jalolov Muqimiy teatri direktori etib tayinlandi
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida yangi rahbar ish boshladi.
Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi.
Fotih Jalolov ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi direktorni teatr jamoasiga madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev tanishtirdi.

Tadbir davomida Nodirbek Sayfullayev Fotih Jalolovni yangi lavozim bilan tabriklab, unga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, teatrning ijodiy salohiyatini yanada oshirish, uning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

N.Usmonova,
O‘zA