Ozarbayjon poytaxti Bokuda ikki kun davom etgan “Formula-1” bo‘yicha Jahon chempionati bahslarida O‘zbekistonning bir guruh yoshlari ham ishtirok etdi.

Ular bevosita musobaqalarda qatnashmagan bo‘lsada, poygalarni tartibli o‘tishida, poygada qatnashgan sportchilarga, ularning mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, zarur vositalarni boshqarishda ishtirok etdi. Malakalari oshdi. 

Bevosita bahslarga to‘xtaladigan bo‘lsak, dunyoning eng kuchli poygachilari qatnashgan musobaqalarda “Red Bull” jamoasi a’zosi, chempionat peshqadami Maks Ferstappen Gran-pri g‘olibligini qo‘lga kiritish bilan mavsumdagi beshinchi yutug‘ini nishonladi. 2-o‘rindan uning jamoadoshi Serxio Peres joy olgan bo‘lsa, “Mercyedes” poygachisi Jorj Rassel 3-o‘rinni egalladi. 

Ta’kidlaganimizdek, jahonning eng kuchli poygachilarini jamlagan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy avtomobil klubi (NACU) qo‘llab-quvvatlashi bilan mamlakatimizning bir qator yoshlari volontyor sifatida ishtirok etib, katta tajribaga ega bo‘ldi. 

– Formula poygalariga dunyoda qiziqish juda yuqori. Avtomobil sportining ushbu yo‘nalishini O‘zbekistonda ommalashtirish, uning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, mutaxassislar malakasini oshirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda 8 nafar yoshlarni Boku Gran-prisida volontyor sifatida ishtirok etishini ta’minladik. Bu, kelajakda formula musobaqalarini yurtimizda o‘tkazishga zamin tayyorlaydi. Universitetning Asad Qayumov, Muhammadamin Muhamedov, Timur Holmuhamedov, Jasurbek Mo‘minov, Shaxzod Saidakramov, Dilfuza Matkarimova, Adham Egamberdiyev, Mubashir Jo‘rayev kabi yoshlari Bokudagi formula musobaqalarida qatnashdi. Ulardan umidimiz katta. Kelajakda aynan ularning tajribasi asosida yurtimizda ham formula poygalari tashkil etiladi. 

Lekin shu o‘rinda bir gapni aytishim lozim. Ayrim davlat va nodavlat tashkilotlari xalqaro avtosport musobaqalarida, tadbirlarda O‘zbekiston nomidan o‘z vakillari qatnashayotganligi to‘g‘risidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda, o‘z saytlarida tarqatmoqda. Bu – noto‘g‘ri. Mamlakatimizdan qaysidir avtosportchi yoki mutaxassis xalqaro avtosport musobaqalarida qatnashadigan bo‘lsa yoki shunday istagi bo‘lsa, yurtimizning xalqaro avtosport olamidagi yagona vakili bo‘lgan O‘zbekiston avtomobil klubiga murojaat etmog‘i lozim, – deydi O‘zbekiston avtomobil klubi (NACU) vitse-prezidenti Aleks Soy.

Haqiqatan, bugun birgina avtosportda emas, ayrim hollarda boshqa sport turlarida ham O‘zbekiston nomidan musobaqalarda, tadbirlarda tegishli tashkilot va sport organlarining xabari bo‘lmasdan qatnashish yoki shunga urinish hollari uchrab turibdi. 

Umuman, xalqaro sport musobaqalarida yurtimiz vakillarining qatnashishi, ularda Vatanimiz nomi yangrab turganligi yaxshi. Ammo, bunday ishtiroklar huquqiy asoslar va tegishli tartib-me’yorlar talabidan kelib chiqilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Sportchining yoki ishtirokchining sog‘ligi, uning qonuniy himoyasi eng muhim masala. Agarki, qaysi bir yurtdoshimiz xalqaro sport tadbirlarida o‘zboshimcha tarzda ishtirok etib jarohat olsa yo noxush vaziyatga tushib qolsa, bunga kim javob beradi?  

Shunday ekan, tartib-intizom, monitoring, xalqaro tadbirlarda qatnashish masalalarida qonunlar, huquqiy masalalar ustuvor bo‘lsa, o‘sha joyda yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi.  

To‘lqin Ro‘ziyev,  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Formula-1: Ozarbayjon Gran-prisida vakillarimiz ham qatnashdi