Forişda yoşlar örtasida harbiy-sport musobaqasi ötkazildi
Foriş dala poligonida Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda Özbekiston Yoşlar ittifoqi viloyat kengaşi hamkorligida harbiy-sport musobaqasi taşkil etildi. «Mardlik – burçimiz, ğalaba – maqsadimiz!» şiori ostida ötgan bellaşuvda boşlanğiç tayyorgarlik öquv kurslari tinglovçilari jismoniy va harbiy-amaliy bilimlarini sinovdan ötkazdi.
Musobaqa maydonga çiqqan har bir iştirokçiga öz imkoniyatlarini namoyon etiş, irodasini çiniqtiriş va jamoa oldidagi masʼuliyatini his qiliş imkoniyatini berdi. Musobaqa yoşlarning jismoniy salohiyatini oşiriş, harbiy-amaliy bilimlarini mustahkamlaş hamda ularda Vatan himoyasiga şaylik ruhini şakllantirişni maqsad qilgan.
Iştirokçilar Nizomda belgilangan şartlar böyiça bir neçta yönalişda kuç sinaşdi. Turnikda tortiliş jismoniy kuç va bardoşni namoyon etiş uçun öziga xos sinov böldi. Arqon tortiş bahsida esa butun jamoaning bir maqsad yölida birlaşiş qobiliyati hal qiluvçi ahamiyat kasb etdi.
Yonğin öçiriş jangovar kiyimini kiyiş, harbiy estafeta va jangovar yoyiliş şartlari ham bellaşuv dasturidan örin oldi. Ayniqsa, maxsus kiyimlarni tezkorlik bilan kiyiş jarayoni iştirokçilardan çaqqonlik, aniqlik va harakatlar uyğunligini talab qildi. Estafetada esa har bir soniya, har bir harakat va jamoadoşlar bilan hamjihatlik natijaga taʼsir körsatdi.
Maydondagi raqobat qizğin keçdi. Jamoalar belgilangan vazifalarni bajarişda özlarining tayyorgarligi, intizomi va özaro muvofiq harakatlaniş mahoratini körsatişga intildi. Har bir şart iştirokçilardan nafaqat jismoniy imkoniyat, balki vaziyatni tez baholaş va töğri qaror qabul qilişni ham talab etdi.
[gallery-32376]
Aslida, favqulodda vaziyatlar xodimi faoliyatida bunday sifatlar alohida örin tutadi. Çunki xizmat jarayonida kutilmagan holatlarga duç keliş, qisqa vaqt içida masʼuliyatli qaror qabul qiliş va belgilangan vazifani aniq bajariş zarurati tuğiladi. Buning uçun esa nazariy bilimning özi kifoya qilmaydi. Doimiy maşq, jismoniy çiniqiş va amaliy könikmalar ham zarur.
Harbiy-sport musobaqalari yoşlarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Şu bilan birga, bunday tadbirlar ularda intizom, jasorat va matonat kabi fazilatlarni şakllantiradi. Bunday tadbirlarda iştirok etiş yoşlarni soğlom raqobat muhitida özini sinaşga, kamçiliklarini anglaşga va yangi marralar sari intilişga undaydi.
Bellaşuvlar yakunida belgilangan şartlarni muvaffaqiyatli bajarib, yuqori natijalarga erişgan iştirokçilar taşkilotçilar tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Ğoliblarning quvonçi, jamoalarning faolligi va iştirokçilar örtasidagi özaro hurmat musobaqaning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi.
Abdujalol Qayumov, Jamşid Yorbekov (surat),
ÖzA muxbirlari