🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Forishda yoʻrgʻa tuvaloqlar tabiat bagʻriga qaytdi

Forishda yoʻrgʻa tuvaloqlar tabiat bagʻriga qaytdi
Jamiyat
Tanlaş
10:09 / 30.10.2020

Maxsus volyerda oʻstirilib, uchirma boʻlgan 40 bosh yoʻrgʻa tuvaloq Jizzax viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Forish tumani dashtlariga qoʻyib yuborildi.


Maxsus volyerda oʻstirilib, uchirma boʻlgan 40 bosh yoʻrgʻa tuvaloq Jizzax viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Forish tumani dashtlariga qoʻyib yuborildi.

Yoʻrgʻa tuvaloqlar Qizilqum choʻllarida yashaydi. Oʻtgan asrning 60-yillardan boshlab ularning yashash maydoni qisqarishi natijasida soni kamayib ketgan. Yoʻrgʻa tuvaloqlar Oʻzbekistonning hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasining “Qizil kitobi”iga kiritilgan.

Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan noyob qushlarni asrash hamda ochiq tabiat qoʻynida koʻpaytirishga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan muhim ahamiyat berilmoqda.

2006-yildan buyon respublikamizning Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi ikkita markaz yoʻrgʻa tuvaloqlarning tabiatdagi sonini qayta tiklash uchun ushbu turdagi qushlarni yetishtirish bilan shugʻullanib kelmoqda.

– Qizilqumning viloyatimiz hududidagi qismi, xususan, Forish tumani dashtlari yoʻrgʻa tuvaloqlarning yashashi va koʻpayishi uchun eng maqbul tabiiy maskanlar boʻlgani uchun ushbu qushlarni koʻpaytirish loyihasida ishtirok etib kelayotirmiz, – deydi Jizzax viloyat ekologiya boshqarmasining ekoinspeksiya boshligʻi oʻrinbosari Sharof Fayzullayev. – Yaqinda Forish tumanida tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborilgan qushlar ham shu hamkorlik doirasida Navoiy viloyati hududidagi Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli boʻlgan – “Amirliklarning yoʻrgʻa tuvaloqni asrash markazi” markazidan olib keldik. Yurtimiz tabiatining noyob boyligi boʻlgan bu qushlarni asrash, biologik xilma-xillikni asrashning muhim qismidir.

Tabiatda tuvaloqlar ozuqa tanlamaydi. Asosan oʻsimlik donlari, hashoratlar bilan oziqlanadi. 2, 3 donadan tuxum qoʻyib, 21, 25 kunda ochib chiqadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi. Ayni paytda bu noyob qushlarni koʻpaytirish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.