Forishda mahalla markazi ish boshladi
Jizzax viloyati Forish tumani markazi Bogʻdon shaharchasida “Mahalla” jamgʻarmasi tuman boʻlimining binosi rekonstruksiya qilinib, “Mahalla markazi”ga aylantirildi.
Jizzax viloyati Forish tumani markazi Bogʻdon shaharchasida “Mahalla” jamgʻarmasi tuman boʻlimining binosi rekonstruksiya qilinib, “Mahalla markazi”ga aylantirildi.
Zamonaviy meʼmoriy koʻrinishga ega inshootning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Bino zamonaviy mebellar, kompyuter jamlanmalari, aloqa vositalari bilan taʼminlangan. Internet tarmogʻiga ulangan xonalarda muassasa xodimlari va kelib-ketuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Tantanali tadbirda E.Kamolov nomli va “Egizbuloq” mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi sovgʻalari, Narvon va Bogʻdon mahallalariga kompyuter jamlamalari topshirildi.
Bundan avvalroq viloyating Baxmal tumani “Mahalla markazi”ning yangi binosi foydalanishga topshirilgan edi.