Tadbirkorlarning ta’kidlashicha, mamlakatda xorijiy valyuta ayirboshlash ochilgach va yana soliq imtiyozlari qo‘llanilishi tufayli ular faoliyatida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi, yangi tarmoqlar ochildi. Jumladan, O‘zbekiston uchun noan’anaviy bo‘lgan forel baliqchiligiga asos solindi.

Forel tog‘lardan oqib tushadigan eng tezkor daryolarda bo‘lar edi. Undagi foydali organik moddalar va quvvati yuqoriligi uchun dunyoning eng qimmat restoranlari mijozlarining dasturxonini bezagan. Bugun esa forel o‘zbek xonadonlarining ham sevimli taomiga aylangan.  

Bu osonlikcha bo‘lgani yo‘q. O‘zbekistonda forel baliqchiligi maktabini yaratgan Namangan viloyatida bir necha yirik xo‘jaliklar tashkil etildi. Ularning biri “Uchqo‘rg‘on forel balig‘i” MCHJdir. Uning rahbari Dilshodjon Otamirzayevning aytishicha, besh yil Rossiyadagi turdosh fermada oddiy xodim bo‘lib ishlagan bo‘lsada, vaqtni boy bermay forel baliqchiligini mukammal o‘zlashtirdi. Uch yil avval esa Namanganga qaytib, atrofiga hamqishloqlarini yig‘di va daryo qirg‘oqlaridagi 3 gektar avvalgi qamishzor, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirdi hamda o‘rgangan tajribasini qo‘lladi. Yana o‘qidi, izlandi. Natija uzoq kuttirmadi.  

– 700 ta hovuz qurdim. Undan 315 ta hovuzni aholi bandligini ta’minlash maqsadida shu atrof mahallada yashovchi asosan ishsiz yoshlarga taqsimlab berdim. Ularni baliq chavoqlari, yem bilan ta’minladim va baliq boqishga o‘rgatdik. Hozir ulardan 7 nafari o‘zlari havzalar tashkil etib, mustaqil ravishda baliq boqishmoqda, – deydi Dilshodjon Otamirzayev.  

Aslida forel juda “injiq” baliq. U harorati 18 darajadan yuqori bo‘lgan suvda yashay olmaydi. Qolaversa suv musaffo, ya’ni kislorodga boy bo‘lishi kerak. Uchqo‘rg‘onni ikkiga bo‘lib oqadigan Norin daryosi esa ayni muddao edi. Daryo suvi hamisha past haroratli, tiniq va bir oqimda. Ammo forel “injiq” bo‘lsada, uning fazilatlari shunga munosib.  

–Forelda 243 kalloriya quvvat bo‘lib, u qo‘y go‘shtidan kuchlidir, – deydi Dilshodjon  Otamirzayev. – Undan tashqari deyarli qiltanog‘i yo‘q. Shuning uchun uni yoshu keksa birdek iste’mol qilaveradi. Bu kabi xususiyatlari bo‘lgani uchun forel jahon standartlariga mos keladi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VMZfXQFv4yI" title="Forel baliqchiligida Namangan brendi yaratiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shundanmi, Uchqo‘rg‘onda baliq boqaman deb hatto o‘zga yurtga ketgan yoshlar ham qaytib kelmoqda. Ulardan biri Sa’dulla Abdullajonovdir. U ham yangi ochilgan forel baliq ho‘jaligi tufayli o‘z ona qishlog‘idan munosib ish topdi.  

– 2 ta hovuzga 500 kg baliq tashlab, har bitta hovuzga 600 kg yem berishdi, –deydi Sa’dulla Abdullajonov. – 4 oy boqdim, 900 kg baliq bo‘ldi. Uni Dilshod akaning o‘zi sotib oldi. Bundan ruhlanib baliq boqish uchun yana bir hovuz oldim. Hozir 3 oydan o‘tdi. Baliqning og‘irligi 700 grammga yetdi.  

Forel anoyi baliq emas. Unga maxsus ozuqa berish lozim. Hozircha uni Eron, Turkiya, Polshadan import qilib olib kelishyapti. Ammo tadbirkor ozuqani shu yerning o‘zida ishlab chiqarmoqchi. Buning uchun texnologiya sotib olish shartnomalari tuzildi.  

–Hozir chet eldan ozuqa ishlab chiqaruvchi sex olib kelish uchun shartnomalar tuzdik, – deydi Dilshodjon Otamirzayev. – Uni ishga tushirib, ozuqa granulalari o‘zimizda tayyorlansa, yemning narxi teng barobarga arzonlashadi. Ayni chog‘da forel balig‘ining tannarxi ham mutanosib ravishda arzonlashadi.  

Dilshodjon Otamirzayev kabi baliqchilar nafaqat Namanganda balki butun O‘zbekiston bo‘ylab ko‘paymoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyatida ham.  

–Namangandagi forel boqish majmuasiga borib ularning tajribasini o‘rganib keldik va uni So‘xda ham yetishtirish maqsadida ishlarni boshlab yubordik, – deydi tadbirkor Ilhomjon Homidjonov. – Tajriba sifatida Namangandan forel olib kelib, boqib ko‘rdik. Demak, So‘xda buni amalga oshirsa bo‘lar ekan. 1-2 yil ichida forel boqiladigan havzalarni 5 gektarga yetkazaman. Hozirda forel balig‘ini boqmoqchi bo‘lganlar soni ko‘payib bormoqda.  

Kuni kecha Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida Tadbirkorlar kengashi tuzildi va uning birinchi yig‘ilishida viloyatda forel balig‘i yetishtirish hajmini 50 ming tonnaga yetkazish imkoniyatlari muhokama etildi.  

Shunday qilib tadbirkorlikning boshqa tarmoqlarida bo‘lgani kabi, Namangan forelini ham tashqi bozorning taniqli brendiga aylantirish choralari ko‘rilmoqda.  

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forel baliqchiligida Namangan brendi yaratiladi (+video)