Ford De Luxe — Amerikaning hashamatli retro mashinasi (video)
Bir eksponat tarixi
Toshkent shahridagi Politexnika muzeyida turli davrlarga oid transport vositalari namoyishga qo‘yilgan. Jumladan, Amerikaning hashamatli retro mashinalari ham ekspozitsiyalardan o‘rin olgan. “Bir eksponat tarixi” loyihamizning bu galgi sonida ushbu retro mashina haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
— Muzeyimizning avtomobillar ko‘rgazmasi fondi Ford Supper De Luxe avtomobili bilan boyitildi, — deydi Toshkent Politexnika muzeyi ekskursovodi Mahmud Sodiqov. — Ushbu avtomobil AQSH hududidagi mashhur Ford korxonasida 1941-48 yillar davomida ishlab chiqarilgan. Ford De Luxe o‘z davrining tezkor, qimmatbaho va hashamatli mashinasi hisoblangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil salkam 3 ming dollarga baholangan. Mashinaga 8 silindrli motor o‘rnatilgan.
Mashinaning yaratilishi ustida amerikalik konstrkutor, tadbirkor Genri Fordning o‘g‘li Edsel Ford ish olib borgan. Afsuski, u erta hayotdan ko‘z yumgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KSGk1wcc0FQ" title="Ford De Luxe — Amerikaning hashamatli retro mashinasi (video)" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>50-yillarning o‘rtalaridan boshlab bu mashinaga bo‘lgan talab biroz susayib bordi. Ammo avtomobil ikkinchi marotaba mashhurlikni san’at vositalari, ya’ni kino yordamida qo‘lga kiritdi. Misol uchun, hammamizga tanish, mashhur “Kelajakka qaytib” filmining birinchi qismida aynan Ford Supper De Luxe avtomobilidan foydalanilgan. Ushbu avtomobil hozirgi kunda ham qadrlanadi va noyob sanaladi. U 6 ming 116 ta nusxada ishlab chiqarilgan xolos. Dunyoning barcha mamlakatlarida uchratish qiyin.
Muhtarama Komilova,
Nishon Abduvoitov (video), O‘zA