Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Dovut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan davlat byudjetiga undiriladigan qo‘shimcha bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida tovarlarni boshqa bir tovar nomi ostida bojxona nazoratidan yashirin tarzda olib o‘tishga urinish holatlari fosh etildi.

“Dovut-ota” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganida mavjud tovarlarning barchasi hujjatlarda ko‘rsatilganidek, har biri 25 kg bo‘lgan qoplarga joylashtirilgan “maydalangan kashnich” tovari emas ekan. Mazkur tovarlar orasida huddi shunday qoplarga joylangan va bojxona nazoratidan  hufiyona yashirilgan 244 qopda jami og‘irligi 7 ming 76 kg oq karrak urug‘i borligi aniqlandi.

Huddi shunday yana bir holatda, mazkur postga kirib kelgan yuk avtotranpsort vositasida ham tovarlardan 242 qopi boshqa xildagi tovarga “almashib” qolganligi holati fosh etildi. “Zig‘ir urug‘i” tovari orasiga 11,1 tonna og‘irlikdagi quritilgan no‘xotni  xufiyona yashirib, mamlakatimiz hududiga olib kirilmoqchi bo‘lishganida to‘xtatib qolindi.  

Aniqlangan mazkur ikki holatda qariyb 397 million so‘mlik tovar vaqtincha saqlovga olindi.  

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/646R3pFNoWk?si=XhaiAEKlmd80dFXR" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarliklari fosh qilindi (+video)