Navoiy viloyati prokuraturasida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari, viloyat, shahar va tumanlar prokuraturasi, Departament va Majburiy ijro byurosi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari mas’ul xodimlari, shuningdek, advokatlar, Navoiy harbiy va transport prokuraturalari tergovchi hamda yosh mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 23 iyundagi “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Dastlab sudya Bobur Imomov Plenum qarori mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib, mazkur hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad firibgarlikka oid ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rish jarayonida qonun normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash bilan bir qatorda fuqarolik huquqiy munosabat bilan firibgarlik jinoyatini farqlash zarurligini ta’kidladi.  

– Tuzilgan bitimga asosan o‘zga shaxsning egaligiga o‘tkazilgan yoki garov ta’minoti sifatida topshirilgan mulk yuzasidan shaxsning bitim tuzilishida boshqa maqsad ko‘zlangani haqidagi vajlari, bitim qonunga muvofiq tuzilgani aniqlangan hollarda firibgarlik sifatida baholanmasligi lozim, – dedi B.Imomov. – Agar shaxs o‘zaro ixtiyoriy yozma bitim, kelishuvlar (qarz shartnomasi, tilxat, kafolat xati va boshqalar) asosida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini uni ijro etish jarayonida ayrim ob’ektiv sabablarga ko‘ra (masalan, mulkiy nochorligi, shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi, og‘ir kasalligi, favqulodda holat tufayli) bajara olmasa yoki o‘zganing mulkini egallashga nisbatan qasd mavjudligini isbotlashning imkoni bo‘lmasa, bunday holatlar fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizo sifatida baholanib, fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yurituvi tartibida hal etilishi kerak.

– Seminarda jinoyat sudlari tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq bo‘lgan 239 nafar shaxsga nisbatan ko‘rib chiqilgan 165 ta jinoyat ishi sabablari tahlil qilindi, – deydi viloyat sudi raisi o‘rinbosari, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Abdumannon Shaydoyev. – Ko‘rib chiqilgan ishlarda 237 ta shaxsga nisbatan 163 ta ayblov hukmi chiqarilgan va 32 ta shaxsga nisbatan tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblovlar o‘zgartirilgan, 2 ta shaxsga nisbatan ayblov moddasi to‘liq chiqarilgan, 14 ta shaxsga nisbatan ayblov boshqa moddaga malakalangan va 11 ta shaxsga nisbatan ayblov moddasi shu moddaning boshqa bandiga malakalanib, hukm chiqarilgan.  

Seminar davomida ishtirokchilar amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, firibgarlik to‘g‘risidagi ishlarni tergov qilish hamda ko‘rib chiqish bo‘yicha amaliyotni umumlashtirib borish to‘g‘risida kelib olishdi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlik jinoyatini fuqarolik huquqiy munosabatdan farqlash zarur