Ijtimoiy tarmoqlarda “Barchani ogohlantiring: firibgarlar endi banklar nomidan rasmiy SMS jo‘natishni boshlashdi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Xabarlarga ko‘ra, firibgarlar bir qancha banklar nomidan fuqarolarga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar jo‘natishadi. Bir necha daqiqa o‘tgach, qo‘shtirnoq ichidagi "bank xodimi" fuqarolarga qo‘ng‘iroq qiladi va bu ishni firibgarlar qilganini aytadi.
So‘ng "kreditni bekor qilish" uchun SMS orqali kelgan kodni so‘rashadi.
Siz aynan ushbu kodni berganingizdan so‘ng haqiqiy kredit sizning nomingizga rasmiylashtiriladi!
Ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida biz Markaziy bank "CERT-CBU" kiberxavfsizlik markazi bosh eksperti — Bobur Nurmanovga murojaat qildik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MNCxhvR71qY" title="Firibgarlar endi banklar nomidan SMS yuborishmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, A.Ahmedov, O‘zA