Yaqinda Germaniyaning “Berliner Zeitung” gazetasining internet sahifasida mamlakatimiz turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan “Men Ipak yo‘liga sayohat qildim” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Maqolada yozgi ta’tili davomida qadimgi “Ipak yo‘li» chorrahasida joylashgan O‘zbekistonni o‘zi uchun yana bir bor kashf qilgan nemis sayyohi Fiona Vinkning g‘ayrioddiy sayohati haqida hikoya qilinadi. Muallif o‘z maqolasida nemis turisti sayyohatining o‘ziga xosligi va uning yangi madaniyatlarga qiziqishi, ularni o‘rganishga bo‘lgan istagi haqida yozadi.  

Muallifning asosiy e’tibori sayohatchining shaxsiy tajribasiga qaratiladi. Nemis sayyohi qora choyning xushbo‘y hidi taralgan tungi poyezdda sayohat qiladi va cho‘l o‘rtasida ajoyib sholi dalalaridan zavqlanadi. U nafaqat mahalliy aholi hayotini kuzatadi, balki ularning madaniyatini o‘rganadi. Xiva shahrida an’anaviy o‘zbek nonlarini tayyorlashda o‘zi ham ishtirok etadi.  

Nemis nashrining yozishicha, ushbu maqola o‘quvchilarni sarguzashtlar va yangi tajribalar izlashga ilhomlantiradi. Sayohat davomida faqat me’moriy obidalarni tomosha qilish bilan cheklanib qolmasdan, odamlar turmush-tarzi bilan tanishish, ularning hayoti haqida bilib olish muhim ekanini ko‘rsatadi. F.Vink o‘z hikoyalarida O‘zbekiston xorijlik sayyohlar uchun kashf etilmagan, ammo go‘zallikka to‘la, o‘ziga xos an’analar va madaniy boylikka ega mamlakat sifatida tasvirlaydi.  

“Agar men xorijga safar qilsam, albatta, mahalliy aholi madaniyatini o‘rganish, turli insonlar bilan uchrashish va yana ular tomonidan tayyorlangan milliy taomlarni tanovul qilishni xush ko‘raman”, deb yozadi nemis nashri sayyohning so‘zlaridan iqtibos keltirib.  

Muhimi, germaniyalik turistning sarguzasht hikoyalari o‘quvchilarni ajoyib sayohatga chorlaydi va O‘zbekistonni o‘ziga xos an’analar, jozibador sayyohlik maskani va qiziqarli mamlakat sifatida ochib beradi.  

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fiona Vink: “Men Ipak yo‘lini o‘zim uchun kashf etdim“