Mamlakatimiz ta’lim tizimida Finlyandiya tajribasini qo‘llash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xo‘sh, ushbu davlat ta’lim tizimining o‘ziga xosligi nimada? Finlyandiya ta’lim tizimi bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? E’tiboringizga Finlyandiya ta’lim tizimining o‘ziga xos 10 jihatini keltirib o‘tamiz:

1. Finlyandiya bolalari ta’limni boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan kechroq boshlaydi. Ular 7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilinadi. «Bolalarni haddan ziyod erta maktabga berish ilmiy jihatdan foydali emasligi tasdiqlangan», deyiladi fin tizimida.

2. Finlyandiyada majburiy ta’lim 9 yil davom etadi, o‘quvchilar 16 yoshdan o‘qishni tark etishi mumkin. Ushbu g‘oya Finlyandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan.

3. Finlyandiya talabalari rivojlangan mamlakatlar ichida eng kam dars soatlarini o‘qiydi (darslar 8-9 oralig‘ida boshlanib, kunduzgi 2 gacha yakunlanadi), shunga qaramay juda yaxshi natijalar qayd etadi.

4. Finlyandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, o‘qituvchilar va hatto talabalar o‘rtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, aynan hamkorlik muvaffaqiyat kaliti, deb hisoblashadi.

5. Fin o‘qituvchilari dunyodagi eng malakali mutaxassislardir. Finlyandiyada o‘qituvchilikka bo‘lgan talablar juda yuqori. O‘qituvchilari xuddi shifokorlar va yuristlar kabi maqomga ega. Ularning ijtimoiy mavqei ham juda yuqori. Fin o‘qituvchilarining bu qadar ulkan mavqega egaliklari o‘qituvchi kasbiga bo‘lgan talabning yuqoriligi hamda malaka imtihonlarining murakkabligi bilan izohlanadi. Shuning uchun Finlyandiyada ular o‘z o‘qituvchilarini doimiy ravishda baholash va baholab borish zaruratini sezmaydi. Agar o‘qituvchidan qandaydir xato yoki kamchilik o‘tadigan bo‘lsa, u bilan maktab direktorining o‘zi shug‘ullanib qo‘ya qoladi.

6. Finlyandiyada xususiy maktablar mavjud emas. Fin maktablari o‘rtasida raqobat yo‘qligining sabablaridan biri shundaki, barcha maktablar davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu bois qayerdadir yaxshi, qayerdadir sustroq ta’lim berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

7. Finlyandiya talabalari ko‘proq tillarni o‘rganishadi. Ular fin tilini maktabdagi birinchi kunidan o‘rganadi. 9 yoshida ular shved tilini o‘rganishni boshlaydi. 11 yoshida ular uchinchi tilni (odatda ingliz tilini) o‘rganishga rag‘batlantiriladi. Ko‘plab o‘quvchilar 13 yoshida to‘rtinchi tilni o‘rganayotgan bo‘ladi.

8. Finlyandiya maktablari barcha o‘quvchilarining tushligi davlat tomonidan qoplab beriladi. 1943 yildan buyon mazkur amaliyotga amal qilib kelinmoqda.

9. O‘qituvchilar odatda kuniga 4 soatdan mashg‘ulot o‘tkazadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, muallimlarga tushadigan stressni kamaytiradi.

10. Finlyandiya milliy o‘quv dasturi keng qo‘llanma bo‘lib, o‘qituvchilarga o‘z uslubi va fikrlarini sinfda ishlatishiga imkon beradi. Bu Finlyandiya ta’lim tizimining o‘z o‘qituvchilariga bo‘lgan ishonchiga asoslanadi.

Ta’kidlash joizki, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan barcha ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Uzluksiz ta’lim” konsepsiyalari loyihasida ko‘plab mamlakatlar qatorida Finlyandiya tajribasidan ham foydalanish maqsad qilib olingan.

Finlyandiya ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari haqida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev quyidagilarni bayon qildi:

– Finlyandiya ushbu xalqaro miqyosdagi baholashda o‘z muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. PISA dasturi 2000 yilda tashkil etilgandan buyon Finlyandiya unda muntazam qatnashib kelmoqda va erishgan natijalari bilan fin ta’lim tizimi dunyodagi ko‘plab mamlakatlarining e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda.

Xo‘sh, bunday natijalarga finlar qanday qilib erishmoqda?

Ularning ta’lim tizimini o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Finlyandiya maktablarining o‘quv dasturlari bolalarga berilayotgan har qanday bilimlarni amaliyotga qanday va qayerda qo‘llashni o‘rgatishga, ularni ijodiy va erkin fikrlashga undashga yo‘naltirilgan.

Ikkinchi muhim tomoni, Finlyandiya fan dasturlarida o‘zaro mutanosiblik juda yaxshi ta’minlangan. Masalan, biron sinfda geografiyadan Osiyo mamlakatlari o‘tilsa, o‘sha haftada biologiyadan ham Osiyoda o‘suvchi o‘simliklar, tarixdan ham Osiyo xalqlari tarixi, matematikadan ham Osiyoga oid ma’lumotlardan iborat misollar beriladi.

Uchinchi muhim jihat – o‘qituvchilarning yuqori salohiyatga ega ekanligi fin ta’lim muassasalarining muvaffaqiyatga erishishidagi navbatdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Finlyandiyada o‘qituvchilik qilish uchun kamida magistr darajasiga ega bo‘lish kerak.

Finlyandiyada eng yaxshi maktab, bu turar joyiga eng yaqin joylashgan maktabdir.

Ushbu omillar Finlyandiya ta’lim tizimini butun dunyoga mashhur qilishga va xalqaro ta’lim reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallashga xizmat qilmoqda.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi nimada?