Xorazmda ana shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tashkil etilgan mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ulug‘ o‘zbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi Komil Xorazmiy tavalludining 200 yilligi hamda Xiva xoni, shoir va bastakor Muhammad Rahimxon Feruz tavalludining 180 yilligiga bag‘ishlandi.  

Anjumanda Turkiya Respublikasining Karabuk va Boshkent universitetlari, Ozarbayjon Fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi adabiyot instituti olimlari, Urganch davlat universiteti filologiya va san’at fakulteti jamoasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari onlayn va oflayn tarzda ishtirok qilishdi.  

Konferensiyada adabiy jarayondagi jonlanish, an’anaviy mavzularning yanada boyishida, janrlarning shakliy rang-baranglashuvida Komil Xorazmiy yaratgan she’riyat bo‘stonining o‘rni hamda Feruz mumtoz she’riyatining g‘oyaviy mazmuni to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi.  

Anjumanning “Xiva adabiy muhiti: an’ana va mahorat”,  “Ogahiy adabiy an’analarining Feruz ijodiga ta’siri xususida ba’zi mulohazalar”, “Lirik – romantik hikoyatlarining poetikasi”,  “Xorazmdan Anadoluga, Anadoludan dunyoga hazrat Mavlono”, "Xorazm adabiy muhitida chiston janri rivojida Alisher Navoiy ta’siri" mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

[gallery-23746]

“Filologiya va san’atshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning badiiy qismida san’at kafedrasi professor-o‘qituvchilari Komil Xorazmiy qalamiga mansub mumtoz musiqalarni jonli ijro etishdi. Talaba-yoshlar ham o‘zlarining musiqiy chiqish hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Anjuman ishtirokchilari yoshlarning iste’dod va mahoratlarini yuqori baholadi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filologiya va san’atshunoslikning dolzarb masalalari