Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi(FIFA) 2025 yilning 15 iyun - 13 iyul kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarida klublar o‘rtasida o‘tadigan jahon chempionatining ramzini e’lon qildi.

Shuningdek, “Gala” guruhi tomonidan ijro qilinib, futbol madhiyasiga aylanib ketgan “Freed from Desire”(Istakdan ozod bo‘lgan) qo‘shig‘i audiovizual ramz sifatida taqdim etildi.

FIFA prezidenti Janni Infantino “Biz yangi FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati brendini ishga tushirdik. Bu klub futbolida yangi davrning boshlanishi”, deya ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida quyidagi jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib boradi:

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA): “Chelsi”, “Manchester Siti” (Angliya), “Real Madrid”, “Atletiko Madrid” (Ispaniya), “Bavariya”, “Borussiya Dortmund” (Germaniya), “Inter”, “Yuventus” (Italiya), “Portu”, “Benfika” (Portugaliya), “PSJ” (Fransiya)” “Red Bull Zalsburg” (Avstriya).

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK): “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Urava Red Daymonds” (Yaponiya), “Al-Ayn” (Birlashgan Arab Amirliklari), “Ulsan HD” (Janubiy Koreya).

Afrika futbol konfederatsiyasi: “Al Ahli” (Misr), “Vaydad AC” (Marokash), “Esperans de Tunis” (Tunis), “Mamelodi Sandaunz” (Janubiy Afrika).

Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi futbol uyushmalari konfederatsiyasi (KONKAKAF): “Siyetl Sounders”(AQSH) va “Monterrey, “Leon”, “Pachuka” (Meksika).

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL): “Palmeyras”, “Flamengo”, “Fluminense” (Braziliya), “River Pleyt”, “Boka Xuniors” (Argentina). Bitta joyni aniqlash kerak.

Okeaniya futbol konfederatsiyasi (OFC): “Oklend Siti” (Avstraliya).

Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi futbol assotsiatsiyalari konfederatsiyasi (KONKAKAF): Bir o‘rin hali aniqlanishi kerak.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ramzini e’lon qildi