FIFA ilk bor JCH finali oldi matbuot anjumaniga chiptalar sotishni boshladi
Tashkilotning ma'lum qilishicha, dasturdan interaktiv zonalar, kolleksiya buyumlari, o'yin faoliyatlari, ko'ngilochar chiqishlar va futbol yulduzlari bilan uchrashuvlar o'rin olgan.
FIFA tarixda birinchi marta muxlislar uchun jahon chempionati finalidan oldingi rasmiy matbuot anjumaniga chiptalar sotadi. Festival doirasida o'tadigan ushbu tadbirga kirish narxi 80 dollarni tashkil etadi.
Tashkilotning ma'lum qilishicha, dasturdan interaktiv zonalar, kolleksiya buyumlari, o'yin faoliyatlari, ko'ngilochar chiqishlar va futbol yulduzlari bilan uchrashuvlar o'rin olgan.
The Times nashri xabariga ko'ra, tadbir tafsilotlari quyidagicha:
Boshlovchi: Rio Ferdinand.
Foto-sessiyalar (alohida haq evaziga): Rio Ferdinand bilan suratga tushish 170 dollar, Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya bilan esa 115 dollar etib belgilangan.