Fidoiy harbiylar taqdirlandi
Sirdaryoda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Mudofaa vazirliklari quyi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar viloyat hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sirdaryoda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Mudofaa vazirliklari quyi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar viloyat hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan Guliston shahridagi Milliy gvardiya qoʻshinlariga qarashli “n” harbiy qismda oʻtgan tantanada viloyat hokimining oʻrinbosari J.Ibragimov, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Oʻ.Abdiyev va boshqalar “Sardoba” toshqini keltirgan zararlarni bartaraf etishda koʻrsatayotgan alohida vatanparvarliklari, pandemiyaga qarshi kurashdagi fidoyiliklari uchun minnatdorlik bildirdi.
Xalqimiz boshiga ish tushib, bugungidek sinovli kunlarda oʻz jonlarini xatarga qoʻyib, matonat namunasini koʻrsatgan favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar xodimlariga, Milliy gvardiya hamda Toshkent harbiy okrugi Guliston gornizoni harbiylariga Sirdaryo viloyati hokimining 105 dona qimmatbaho sovgʻasi – 100 dona katta ekranli televizor va 5 dona noutbuk topshirildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshligʻi polkovnik K.Aripov, Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi polkovnik V.Shuvalov, Milliy gvardiya qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari polkovnik B.Abdullayev, Mudofaa ishlari vazirligi boshqarma boshligʻi polkovnik H.Botirovlar soʻzga chiqdi.