FIDE reytingi: Sindorov va Abdusattorovning ko‘rsatkichlari qanday?
Xalqaro shaxmat federatsiyasi joriy yil sentabr oyi uchun e’lon qilgan yangilangan reytingda Javohir Sindorov o‘z maqomini mustahkamlashga, Nodirbek Abdusattorov o‘tgan oydagi o‘rnini bitta pog‘ona yuqoriga ko‘tarishga erishdi.
Aytish lozimki, Javohir Sindorov o‘tgan avgust oyida erishgan natijalari holatida o‘z hisobiga +1 reyting ochko qo‘shgan holda (2778) dunyoning 4-raqamli shaxmatchisi maqomini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi.
Mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov esa 2762 reyting ochko bilan o‘tgan oydagi o‘rnini 1 ta qatorga yuksaltirib, 7-pog‘onani band etishni uddaladi.

Hikaru Nakamura (AQSH) hamyurti Fabiano Karuanani ortda qoldirib, jahon reytingida 2-o‘ringa chiqib oldi.
Kuchli o‘nlikdan joy olgan shaxmatchilardan hindistonlik Praggnanandha birdaniga 4 pog‘ona yuqoriladi. O‘z hisobiga +11 reyting ochkosi qo‘shgan hind shaxmatchisi 8-o‘ringa ko‘tarildi.
Shuningdek, Uesli So (AQSH) +9 ochko bilan 5-o‘rinni, Anish Giri(Niderlandiya) -7 ochko bilan 3 va Fabiano Karuana -3 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA