FIDE prezidenti vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi qabul qilingan 21-sanksiyalar paketiga kiritildi.
Buning ortidan Dvorkovich FIDE prezidenti sifatidagi vakolatlarini vaqtincha to‘xtatishini e’lon qildi.
Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sayti orqali Arkadiy Dvorkovichning murojaati va vakolatini to‘xtatganligi haqidagi murojaati e’lon qilindi. Unda keltirilishicha, bu qaror sanksiyalar FIDE ishiga ta’sir ko‘rsatmasligi uchun qabul qilingan.

FIDE nizomiga ko‘ra, Dvorkovichning vakolatlari tiklanguniga qadar uning vazifasini Xalqaro shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Vishvanatan Anand bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil sentabr oyida Samarqandda o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida FIDE’ning navbatdagi Bosh assambleyasi va prezidentlik saylovi uchun yig‘ilishlar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, Dvorkovich ushbu saylovda FIDE prezidentligiga nomzod sifatida qatnashishni rejalashtirmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA