Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida u zamonaviy iqtisodiy siyosat va yoshlarning global jarayonlardagi roli xususida so‘z yuritdi. Bilim va tashabbus bugungi kunda milliy rivojlanishning eng muhim omillaridan ekanini ta’kidladi. Shuningdek, shaxmat nafaqat intellektual sport turi, balki mantiqiy fikrlash, strategik qaror qabul qilish va yetakchilik qobiliyati maktabi ekanini qayd etdi.

Suhbat qiziqarli savol-javob, bahs-munozaralar tarzida o‘tdi. 

[gallery-25183]

Tadbir doirasida Yangi O‘zbekiston universiteti tashabbusi bilan Xalqaro shaxmat akademiyasi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida 25–26 aprel kunlari o‘tkazilgan "New Uzbekistan Cup" shaxmat turniri g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, mazkur musobaqada 30 dan ortiq oliygoh talabalari ishtirok etdi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yoshlari birinchi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari ikkinchi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti shaxmatchilari uchinchi o‘rinni egalladi.

Aql musobaqasi g‘oliblariga diplom hamda pul mukofotlari tantanali tarzda topshirildi.

Kamola Yusupova, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE prezidenti talabalar huzurida