Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Markayev U.O.” fermer xo‘jaligiga tegishli avtomobil soliq qarzdorligi evaziga xatlandi.

Viloyat soliq boshqarmasi qaroriga ko‘ra, mazkur fermer xo‘jaligidan jami 53,3 million so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan. Ijro hujjati Byuroning Shahrisabz tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va qarzdor xo‘jalikka soliq majburiyatini bajarishi uchun ixtiyoriy 15 kunlik muddat berilgan. Biroq jamiyat mutasaddilari ixtiyoriy muddat tugagandan so‘ng ham bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan qarzdorlikni bartaraf etmagan. 

Shundan so‘ng majburiy ijro harakatlari olib borildi va fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan BYD rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi. 

Kelgusida qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mazkur avtotransport vositasini onlayn auksion savdolariga joylashtirish choralari ko‘riladi. 

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerning BYD avtomashinasi xatlandi