Fermerning buzilgan huquqi tiklandi
Qonun ustuvorligini taʼminlash davlat va jamiyat hayotida keng koʻlamda amalga oshirilayotgan islohotlardan koʻzlangan maqsadlardan biri hisoblanadi.
Qonun ustuvorligini taʼminlash davlat va jamiyat hayotida keng koʻlamda amalga oshirilayotgan islohotlardan koʻzlangan maqsadlardan biri hisoblanadi.
Afsuski, qonun hujjatlari ijrosiga bepisandlik koʻzi bilan qaraydigan mansabdor shaxslarning mavjudligi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga qiyinchilik tugʻdirmoqda.
Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi xodimlariga “Solijon Ochilov” fermer xoʻjaligi (fermer xoʻjaligining nomi oʻzgartirilgan) sud qarori ijrosini taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida murojaat qildi.
Aniqlanishicha, Shahrisabz tuman hokimining 2004-yil 30-yanvardagi qarori bilan “Solijon Ochilov” fermer xoʻjaligiga yer maydoni ajratilgan.
Tuman hokimining 2019-yil 22-yanvardagi X-116/01-son qaroriga asosan “Solijon Ochilov” fermer xoʻjaligiga ajratilgan yer maydoni qonun hujjatlariga zid tarzda hokimlik yer fondi zaxirasiga qaytarilgan.
Shahrisabz shahar maʼmuriy sudining 2019-yil 4-oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan fermer xoʻjaligi yer maydonini zahiraga qaytarish toʻgʻrisidagi hokim qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Oʻtgan davr maboynida tuman hokimligi tomonidan sababsiz tarzda sudning hal qiluv qarori ijrosi taʼminlanmagan.
Biznes-ombudsman devoni xodimlari sayʼ-harakati bilan tuman hokimligi tomonidan 2020-yil 21-iyulda sudning hal qiluv qarori taʼminlanib, fermer xoʻjaligiga yer maydoni qaytarib berildi.