Ayni kunlarda dala ekin maydonlarini sug‘orish jarayonida fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv nasoslaridan noqonuniy foydalanish holatlari ko‘plab qayd etilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 246 ta holatda umumiy qiymati 64,1 milliard so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.  

"O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmatining ma’lum qilishicha, fermer va dehqon xo‘jaliklariga faoliyat davomida energiya resurslaridan qonuniy va oqilona foydalanish tavsiya etilmoqda. Elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish holatlari uchun qonunchilikda qat’iy choralar belgilangan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.  

N. Ziyodullayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerlar tomonidan 64,1 milliard so‘mlik elektr energiyasi yashirincha foydalanilgan