Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli "Toshkent Best Seeds" urug‘lik tayyorlash korxonasida yangi mavsum uchun urug‘lik g‘alla partiyasi to‘liq tayyor holatga keltirildi. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga kimyoviy ishlov berilgan, 45-60 kunlik yarovizatsiya jarayonidan o‘tgan, sertifikatlangan yuqori sifatli bug‘doy navlari yetkazib berilmoqda.
Xususan, Asr, Obod, Aziz, Gurd, Elanchik, Vassa, Ultra, Antonina hamda Temiryazov 150 va Grom navlarining urug‘liklariga ayni kunlarda talab katta.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha jami qariyb 5,9 million tonna bug‘doy yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 foizga oshgan.
Respublikamiz hududlarida yetishtirilgan bug‘doy hajmining ko‘pligi bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA