Fermer 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 7,7 gektar yer maydonini 1972 y.t. fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 mln so‘m talab qilib, muqaddam 520 mln so‘m olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 280 mln сўмни olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz ДХХнинг 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.