Feniksda rekord issiq kuzatilmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari Arizona shtati Feniks shahri aholisi anomal yuqori haroratdan aziyat chekmoqda. Iyul oyida ob-havo rekord darajada qizishi tufayli shahar AQSHdagi eng “issiq” megapolis nomiga da’vo qilishi mumkin.
O‘tgan hafta payshanba kuni shahar meteorologiya xizmati navbatdagi rekord haqida xabar tarqatdi: 48 darajali eng yuqori harorat Feniks aeroportida qayd etilgan. Bunday ko‘rsatkich tarixda yetti bor kuzatilgan. Meteorologiya xizmati ta’kidlashicha, anomal holat 20 kundan buyon davom etmoqda. Shunga o‘xshash rekord 1974 yil 18 kun davom etgan edi.
O‘zA