“Femida” jamoasi viloyatda birinchi
Andijonda “Yoshlar va qonun” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Andijon shahridagi Yoshlar markazida yoshlarning qonunlarimiz haqidagi bilim va tafakkurini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirish hamda iste’dodli yoshlarni kashf etish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda uning mintaqaviy saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Baliqchi, Buloqboshi, Jalaquduq va Marhamat tumani jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.
[gallery-2725]
Ishtirokchilarning belgilangan to‘rtta shart bo‘yicha chiqishlari nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Yakunda eng ko‘p ball jamg‘argan Buloqboshi tumanining “Femida” jamoasi g‘olib deb topilib, tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘olib va ishtirokchi jamoalar tanlov tashkilotchilari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
F.UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA