Sopollar ichida pilta chiroqlar va sopol qozonlar ko‘plab uchraydi. Bir xonadan sopol quvur topilgan. Fayoztepaga Amudaryodan suv keltirilganligiga ishora qiluvchi kanal izi o‘rganilgan.

Fayoztepa – asrlar qa’riga sayohat Fayoztepa — milodiy 1-3 asrlarga oid budda monastir-ibodatxona majmuasi (vixara). Termiz shahri yaqinidagi eski Termiz shahar xarobalarining shimoliy g‘arbida Qoratepadan bir kilometr shimoliy-sharqda joylashgan. 

Fayoztepaning ochilishi 1968-yil bahorida cho‘pon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini ko‘chma qum ustidan topib, Termiz o‘lkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968-1976-yillarda arxeolog L.I.Albaum tomonidan o‘rganildi. Fayoztepa maydoni ko‘chma qumlar uyumidan tozalangach, uning me’moriy tarhi ochilib, u uch qismdan iborat monumental inshoot, ya’ni markaziy qismida – ibodatxona, uning shimoliy g‘arbida monastir, janubiy sharqida esa xo‘jalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniqlangan. Majmuaning umumiy maydoni 1,5 ming kvadrat metrga yaqin. 
 
Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri – stupa bo‘lib, u boshqa ibodatxonalardan farqli o‘laroq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chiziqda joylashgan. Ular o‘zaro hovli maydonini kesib o‘tgan g‘isht va mergeliy toshi to‘shalgan yo‘lakcha bilan bog‘langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali joylashgan, sajdagoh devorlari rang-barang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo‘ylab o‘z vaqtida budda haykallari (balandligi 4 metr) qo‘yilgan. Ko‘pchilik haykallar qizil rang bilan bo‘yalgan, so‘ng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh janubiy devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning ikki tomonidan yelkalariga yelkapo‘sh tashlagan uzun kiyimdagi ikki nafar odam rasmi tushirilgan. Fayoztepa haykallari orasida ganchdan ishlangan Buddaning bosh qismi diqqatni o‘ziga tortadi. Uning tutamlangan qopqora sochlari, husnkor chexrasi unga go‘zallik bag‘ishlaydi. Buddani bunday ishlanishi Kushonlar davri yodgorligida birinchi bor uchrashi edi. Ushbu muqaddas sajdagoh eshigi qarshisida yaxlit mergeliy toshidan yasalgan noyob san’at asari - triada topilgan. Triada markazida ipak mantiyaga o‘ralgan Budda arka va muqaddas bodxa daraxti shoxlari ostida o‘tiribdi, 2 yonida tik turgan rohiblar esa unga iltijo qilib turgan holatda tasvirlangan. Sajdagohdan ikkita Kanishka va bitta Vasudeva tangalari topilgan.

Ibodatxona hovlisi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, maydoni 33x20 metr, uning to‘rt tomoni bo‘ylab budda rohiblarining eshiklari hovliga qaratilgan xonalari joylashgan. Ibodatxona hovlisi ushbu xonalarning hovli tomon devorlari bo‘ylab yaxlit uzun ayvon bilan o‘rab olingan. Ayvon devorlari rang-barang devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Rangli devoriy bezaklar ayvon devorining pastki qismidagina saqlangan. Ayvon osti bo‘ylab supa joylashgan.

Ibodatxona hovlisining shimoliy g‘arbiy qismida mergeliy tosh parchalaridan trapetsiya shaklida qurilgan hovuzcha bo‘lib, uning pastki qismida suv oqizishga mo‘ljallanib teshikcha yasalgan. Teshikcha jag‘lari keng ochilgan sher boshi qiyofasida ishlangan. Bunday hovuzlarda toza suv saqlangan. Sher Kushonlar davri san’atida Buddaning kuch va qudrat timsoli sifatida o‘z aksini topgan. Diniy majmuaning ikkinchi qismi monastir bo‘lib, u ibodatxona bilan hovli karbi devoridan ochilgan eshik orqali bog‘langan. Monastir maydonida joylashgan xonalarda rohiblar va monastir talabalari istiqomat qilishgan, monastirda o‘quv xonalari va zallari, ziyoratchilar to‘xtab o‘tadigan yotoqxonalar joylashgan. Xonalar devorlarida pilta chiroq yoritqichlari uchun tokchalar ishlangan. Ayrim xonalarning devori ostida Budda haykallari va ularni o‘rnatish uchun supatagkursilar qurilgan. Demak, rohib va talabalar hamda ziyoratchi sayyoxlar markaziy ibodatxonada diniy marosimlar to‘xtagan vaqtda o‘z ibodatlarini monastir sajdagoxlarida amalga oshirganlar.

Ibodatxonaning janubiy sharqida uning xo‘jalik qismi joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida, hajmi 34,5x33,5 metr. U ibodatxona bilan uch eshik orqali bog‘langan. Ibodatxonaning xo‘jalik qismida 15 ta xona ochilgan, ularning ko‘pchiligida o‘choq qoldiqlari topilgan. Majmua devorlari paxsa bilan tiklangan, xonalardagi so‘risupalar va devorlarning ta’miri g‘isht bilan o‘ralgan. Hamma xonalar somon suvoq qilingan, faqat ikkita xona devorlari ganch bilan suvalgan. Bu ikki xona ibodatxona xo‘jalik qismining sajdagohlari bo‘lgan deb faraz qilinadi. Ikkita xonadan tandir qoldiklari va qalin kul uyumi topilgan. Tandirli xonalarni qazish vaqtida ko‘plab hayvon suyaklari, xum, kosa, nimkosa, sopol qadah parchalari chiqqan. Xumlardan boshqa barcha idishlar kulolchilik charxida yasalgan va ochqizil rangli angob bilan qoplangan. Sopol sirti archa bargli, disksimon naqshlar bilan bezagilgan.

Sopollar ichida pilta chiroqlar va sopol qozonlar ko‘plab uchraydi. Bir xonadan sopol quvur topilgan. Fayoztepaga Amudaryodan suv keltirilganligiga ishora qiluvchi kanal izi o‘rganilgan. Ushbu kanalga Amudaryodan chig‘ir orqali suv chiqarilgan deb faraz qilinadi. Ibodatxona xo‘jalik qismining katta hovlisi aylanasi bo‘ylab kengligi 0,7 metrli supa qurilgan. Uni qazish vaqtida ko‘plab turli hayvon suyaklari topilgan, talay sopol kosa va qadax, parchalari uchratilgan. Ushbu hovli Budda va uning rohiblariga atab qurbonlik qiladigan joy sifatida talqin qilinadi.

Fayoztepa majmuasining devorlari, asosan, paxsa va g‘ishtdan qurilgan, ayniqsa, monastir va ibodatxona devorlarining balandligi 3 metrgacha saqlangan. Ibodatxona xo‘jalik qismining janubiy-sharqiy devorlari yaxshi saqlanmagan. Barcha devorlar somonli loy bilan suvalgan bo‘lib, ko‘p hollarda suvoq ustiga oq rangda jilo berilib, uning usti rangli rasmlar bilan bezatilgan.

Fayoztepa Eron sosoniylarining bosqinchilik hujumlari oqibatida xarobaga aylangan. 5-asr – 6-asrning birinchi yarmida ibodatxona vayronalaridan eftaliylar daxma sifatida foydalanganlar. Arablar istilosi davrida Fayoztepa butunlay vayron qilingan, keyinchalik u ko‘chma qumlar ostida qolib ketgan. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fayoztepa – asrlar qa’riga sayohat