Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning yanvar oyida qurilishi boshlanib, o‘tgan qisqa davr mobaynida qad rostlagan, to‘rt qavatli, zamonaviy uslubda bunyod etilgan binoda xodimlarning unumli mehnat qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan. “G‘ijduvon G‘ovshun maxsus qurilish montaj” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlariga 11 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. 

Yangi binoni tantanali ochilishida viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqalar soha xodimlarining samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy bino va inshootlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida so‘z yuritdi. 

Shu bilan birga xodimlarining sohalar kesimidagi mavjud qarzdorliklarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida undirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari, shu maqsadda aholi orasida olib borayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari atroflicha tahlil qilindi.

Tadbirda bino qurilishini amalga oshirgan loyihachi va muhandis-quruvchilarga minnatdorlik bildirildi. 

Shuningdek, prokuratura organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarning mehnati e’tirof etilib, bayram dasturxoni yozildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriylarning mehnati e’tirof etildi