Faxriylar musobaqasi
Poytaxtimizda faxriylar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, mini-futbol, voleybol va badminton turlari bo‘yicha “Keksalar zavqi” deb nomlangan Toshkent shahar ochiq turniri o‘tkazildi.
Poytaxtimizda faxriylar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, mini-futbol, voleybol va badminton turlari bo‘yicha “Keksalar zavqi” deb nomlangan Toshkent shahar ochiq turniri o‘tkazildi.
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Toshkent shahar hokimligi, madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 200 nafarga yaqin faxriy ishtirok etdi.
Stol tennisi bahslarida D.Mursaxojayev, A.Sematin, R.Suxarkov, G.Maslova, I.Sobornitskaya, I.Ishmuhammetova shohsupaga ko‘tarildi. Badminton bo‘yicha o‘tkazilgan juftlik bahslarida D.Qo‘ziyev va V.Burlakov, Ya.Katerinich va A.Shupak barcha raqiblari ustidan g‘alabaga erishdi.
Aql mashqi bo‘lgan shaxmat musobaqasida S.Fedyashin, T.Izmaylov va R.Mamatqulov g‘olib va sovrindor bo‘ldi.
Mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Uchtepa tumani jamoasi oltin, Mirobod tumani vakillari kumush va Olmazor tumani jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, voleybol va shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.