Faxriy harbiylar ishtirokida xayriya tadbiri
Poytaxtimizda "Veteran" uyushmasi a’zolari va nogironligi bor faxriy jangchilar ishtirokida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar faxriy harbiylarni, shuningdek, afg‘on urushi qatnashchilarini Vatan himoyachilari kuni bilan qutlab, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faxriylarimizning bosib o‘tgan hayot yo‘li o‘ziga xos maktab bo‘lishini alohida ta’kidladilar.

Tadbir doirasida faxriylarga “Nogironlar” uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zA